Qanot Sharq Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan parvozlarni toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli
Foto: Transport vazirligi

Qanot Sharq 20-yanvardan 6-martga qadar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan parvozlarni ishlab chiqarish zarurati tufayli bekor qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, 20-yanvardan 5-martgacha Samarqand — Toshkent (NN18) reysi, 25-yanvardan 1-martgacha Toshkent — Moskva (NN701) va Moskva — Toshkent (NN702) reyslari bekor qilindi.

Shuningdek, 24-yanvardan 28-fevralgacha Fargʻona-Moskva yoʻnalishi boʻyicha (HH703) parvozlar ham vaqtincha toʻxtatiladi.

Bekor qilingan reyslarning batafsil roʻyxati kompaniyaning Telegram kanalida eʼlon qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Pokistonning Karachi shahriga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida yozgan edi.

Shuningdek