Respublikada aholi soni 37,5 mlndan oshdi

eʼlon qilindi
O'tgan yili aholi soni 36,8 mln kishi edi
Foto:Pexels.com

Statistika agentligining 6-yanvar holatiga ko‘ra bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 37 552 185 kishini tashkil etmoqda.

O’tgan yilgi ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 36 799 800 kishini tashkil etgan edi.

Statistika agentligi 2023-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot bergan edi. Aholi soni 36,4 mln kishini tashkil etgan (2021-yilda bu raqam 34,9 mln, 2022-yilda 35,6 mln nafar bo‘lgan).

Shuningdek, O‘zbekiston FHDYO organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakat bo‘ylab 858 005 ta tug‘ilish holati qayd etildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 413 698 nafari qiz bolalar, 444 307 nafari esa o‘g‘il bolalardir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda 1,5 million aholi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek