Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun uzr so‘radi
eʼlon qilindi
Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschi Shahram G‘iyosovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqida Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
«Aybimni tushunib yetdim. Bu kabi holatlar boshqa takrorlanmaydi», – dedi G‘iyosov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hojatxona qog‘ozi tufayli bloger 1,87 mln so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.