Shimoliy Koreya Blinkenning Seuldagi uchrashuvi paytida raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasida uchrashuvlar o‘tayotgan paytda raketa uchirdi. Bu haqida Aljazeera nashri ma’lum qildi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Seulda Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang-Mok bilan uchrashdi. Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, raketa sharq tomonga uchirilgan. Raketa uchirilishi GMT vaqti bilan soat 03:00 atrofida sodir bo‘ldi. Harbiylar raketaning o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik vosita ekanligini aniqladi.
Raketa Koreya yarim oroli va Yaponiya oralig‘idagi suvlarga qulagan. U taxminan 1100 kilometr masofani bosib o‘tgan. Seul kuzatuv va hushyorlik choralarini kuchaytirganini ma’lum qildi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi raketa suvga qulaganini aytdi. Ushbu hodisa samolyot va kemalarga zarar yetkazmagan. Seul ushbu holat yuzasidan AQSh va Yaponiya bilan yaqin hamkorlik qildi.
AQSh va Janubiy Koreya rasmiysi raketa uchirilishini qoraladi. Blinken raketa uchirilishini BMT rezolyutsiyalarining buzilishi deb atadi. Janubiy Koreya bu vaziyatga qarshi kerakli choralarni ko‘rmoqda. Bu uchirish 5-noyabrdan beri birinchi marta kuzatildi. Shimoliy Koreya bu vaqtgacha jim bo‘lgan edi. Ammo siyosiy muammolar fonida yana raketa sinovlarini boshladi.
Janubiy Koreyada yaqinda prezident Yun Suk Yolga impichment e’lon qilingan edi. Shu sababli mamlakat ichida siyosiy inqiroz davom etmoqda. Prezidentning vazifalari vaqtinchalik boshqa rasmiyga o‘tkazildi.
Shimoliy Koreya vaziyatni murakkablashtiruvchi qadamlar tashlayotganini ko‘rsatdi. Bu harakat xalqaro xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yadi. Janubiy Koreya va AQSh rasmiylari vaziyatni nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shimoliy Koreya uzoq masofali raketani uchirgani haqida xabar bergan edi.