Suriya yangi hokimiyati siyosatchilar bilan tushgan ayol tasvirini xiralashtirmoqda
Yevropa hukumatlari vakillarining Suriyaga mamlakatning yangi hokimiyati bilan uchrashuv uchun tashrifi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda birgalikda tushgan suratlar paydo bo‘ldi. Bu haqda N TV ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu suratlarda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham bo‘lishiga qaramay undagi barcha ayollar tasvirlari o‘chirilgan.
Bundan avvalroq Suriyaning o‘tish davri hukumat rahbari Ahmad ash-Sharaa diniy sabablarga ko‘ra Berbok bilan qo‘l siqib ko‘rishdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgan edi.
Ommaviy axborot vositalari Suriyaning xorijiy siyosatchilar bilan muloqot qilishda muammolarni boshdan kechirayotganini xulosa qildi.
Yevropa delegatsiyasidagi ayollar tasviri ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda va ayrim OAVda joylashtirilgan suratlarda o‘chirilgan. Ammo davlat axborot agentligi SANA suratlarga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari Suriyadan fuqarolarini repatriatsiya qilish boʻyicha yetakchi ekanligi haqida yozgan edik.