Tesla Xitoyda yangi Megafabrikasini yetti oy ichida qurib bitirdi. Zavod 27-dekabrda sinov ishlab chiqarishni boshladi va rekord o‘rnatdi. Bu qurilish sur’ati Tesla va Xitoy sanoatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda Сarnewschina nashri xabar berdi.
Shanxaydagi Megafabrika 200 ming kvadrat metr maydonda joylashgan ulkan inshootdir. Fabrika Megapack akkumulyatorlarini ishlab chiqarish uchun maxsus qurilgan. Mahsulotlar ichki bozor va xalqaro eksport uchun mo‘ljallangan.
Tesla Megapack akkumulyatorlari CATL va BYD kompaniyasining LFP batareyalaridan foydalanadi. Har bir blok 3 MVt/soatdan ortiq energiya saqlash imkoniyatiga ega.
Yangi zavod yiliga 10 ming energiya saqlash moduli ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu 40 GVt/soat energiya saqlash imkoniyatini ta’minlaydi.
Megafabrikaning sinov ishlab chiqarishni boshlashi muhim voqea sifatida baholanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla kompaniyasining bozor qiymati 1 trillion dollardan oshgani haqida xabar bergan edi.