7-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, kechasi yomg‘ir yoki qor yog‘ishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol g‘arb tomonga o‘tib, kuchayishi mumkin. Harorat kunduz kuni 6-8° iliqni, kechasi esa 1-3° sovuqni tashkil etadi, deb yozadi «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Shamol kuchli esishi kutilmoqda, ayrim hududlarda tezligi 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kunduz kuni 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.
Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamolning kuchayishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 0-5° sovuqni, kunduz esa 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Shamolning kuchayishi ba’zi hududlarda 20-23 m/s gacha bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 3-8° iliq, kechasi esa 0-5° sovuq atrofida bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tuman tushishi ehtimoli bor. Shamolning tezligi nisbatan past, harorat esa kunduz kuni 4-9° iliqni, kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutiladi, ba’zi joylarda u kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduz kuni 0-5° iliq, kechasi esa 2-7° sovuqni tashkil qiladi.