Anvar Irchaev Investitsiya institutlari milliy uyushmasiga rais bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda u Kursiv Uzbekistanga ma’lum qildi
Foto: unicorn.events

Anvar Irchaev Investitsiya institutlari milliy uyushmasining (IIMU) yangi raisi etib tayinlandi. Bu haqida u Kursiv Uzbekistanga ma’lum qildi.

U ushbu lavozimda to‘rt yil davomida uyushmani boshqargan Bahodir Ataxanov o‘rnini egalladi.

Tayinlov IIMU a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda rasman tasdiqlandi. Yig‘ilishda uyushmani rivojlantirish va kapital bozoridagi islohotlarda ishtirok etish rejasi muhokama qilindi. Anvar Irchaev kapital bozori sohasida tajribali mutaxassis sifatida tanilgan.

U faoliyati davomida bir qator muhim lavozimlarda ishlagan va yetakchi kompaniyalarda faoliyat yuritgan. Irchaev, jumladan, «Allianz AG»da vitse-prezident yordamchisi, Dresdner Kleinwort Wasserstein kompaniyasida kapital bozorlar bo‘yicha ekspert bo‘lgan.

Shuningdek, u Orient Capital Management hammuassisi va direktori, Universal bank kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan IIMU O‘zbekiston kapital bozorida eng yaxshilarini taqdirlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek