Donald Trampning sudi bo‘lib o‘tdi

eʼlon qilindi
Mahfiy to‘lovlar yuzasidan
Foto: Tass

Donald Trampning advokatlari «maxfiy to‘lov» ishi bo‘yicha hukmni kechiktirishga urinmoqda, ammo sudya Xuan Merchan bu talabni rad etdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Tramp 2024-yilgi prezidentlik saylovida g‘olib deb topilgan kunida ushbu sud jarayonlari yana e’tiborda bo‘ldi.

May oyida Tramp 34 ta soxta moliyaviy hujjjatlarni to‘ldirganlikda aybdor deb topilgan edi. Ushbu yozuvlar 2016-yilgi saylovdan oldin kattalar filmlari yulduzi Stormi Danielsga to‘langan pullarni yashirishga qaratilgan edi. Trampning advokatlari hukm e’lon qilinishini apellyatsiya jarayonlari yakuniga qadar kechiktirishni talab qildi, ammo Merchan juma kuni jazoni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Prokurorlar Trampning kechiktirish talablarini asossiz deb hisoblab, bu jarayonlarni ortga surish faqat sudlanuvchining o‘zi sababchi ekanligini ta’kidlashdi. Sud hukmi, agar rejalashtirilganidek e’lon qilinsa, qamoq jazosi berilmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Adliya vazirligiga o‘lim jazosini qat’iy qo‘llashni buyurishini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek