Har bir bank bir nafar mijoz nomiga 5 tadan ortiq bank kartasi emissiya qilmasligi belgilandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tartib 2025-yil 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amal qiladi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Vadim Yerzikov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatdagi barcha tijorat banklari bank kartalarini emissiya qilishda yangi cheklovlarga rioya qilishlari lozim. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga bank sohasidagi manbalar ma’lum qildi.

Yangi tartibga koʻra:

  • Bir mijoz nomiga jami 20 dona bank kartasi chiqarilishi mumkin;
  • Har bir bank bir mijoz nomiga 5 tadan ortiq bank kartasi emissiya qilmasligi belgilandi.

Mazkur talab xorijiy valyutada ochilgan bank kartalariga tatbiq etilmaydi.

Regulyatorning ma’lum qilishicha, hozirda jismoniy shaxslarning 97 foizida 5 tagacha, 3 foizida 5 – 20 ta, 0,03 foizida esa 20 tadan ortiq kartalar mavjud. Bunday kartalarning ba’zi qismlari firibgarlik maqsadlarida ishlatilayotgani aniqlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan jismoniy shaxslarga faqat bitta bank kartasi berilishi haqida tarqalayotgan ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek