Ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga sal kam 486 million so‘m to‘landi

eʼlon qilindi
Boquvchisini yo‘qotgani uchun
Foto: Zoon.ru

Andijonda ish vaqtida tan jarohati olib vafot etgan xodimning rafiqasi Bandlik vazirligiga murojaat qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ayol boquvchisini yo‘qotganligi sababli bir martalik nafaqa va oyma-oy zarar to‘lovlarini olishda yordam so‘rab viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qildi.

Davlat mehnat inspeksiyasi murojaatni o‘rganib chiqib, sudga da’vo arizasi kiritdi. Sud qaroriga ko‘ra, ayolga 485,7 mln so‘m mablag‘ undirish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 481 mingdan ortiq ish beruvchilar xodimlarini sug‘urtalamagani haqida yozgan edik.

Shuningdek