NKMK ishlab chiqarish hajmi 2024-yilda 39% ga oshdi

eʼlon qilindi
Budjetga 57,5 trln so‘m soliqlar va dividendlar to‘ladi
Foto: NKMK

2024-yilda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» (NKMK) tomonidan 93,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu 2023-yilga nisbatan 39,1% ko‘pni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Davlat budjetiga 57,5 trln so‘m soliqlar va dividendlar to‘landi, investitsiya dasturi doirasida $790 mln mablag‘ o‘zlashtirildi va 715 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 916 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, tarmoqlararo kooperatsiya orqali 6,2 trln so‘mlik mahsulot xarid qilindi. Xarajatlarni maqbullashtirish natijasida mahsulot tannarxi 3,7 trln so‘mga kamaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NKMK yana $500 millionlik yevroobligatsiyalarni joylashtirishi haqida yozgan edik.

Shuningdek