Qonunchilik palatasi tomonidan elektron sigaretalarini taqiqlash birinchi oʻqilishda qabul qilindi

eʼlon qilindi
Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida
Foto: 100dorog.ru

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Oʻzbekistonda elektron sigaretalarni butunlay taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi koʻrib chiqildi va birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan Oʻzbekistonda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, shu jumladan, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.

Shuningdek, aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, shu jumladan, elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayorovning taʼkidlashicha, elektron sigaretalarda ishlatiladigan birikmalar salomatlikka va atrof-muhitga zarar yetkazadi. Ular nikotinga qaramlikni kuchaytirish bilan birga, yoshlarda miya patologiyalari va intellektual pasayishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda elektron sigaretalarga taqiq joriy etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek