Tezyurar elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Harakatlanish jadvali ham yangilandi
2025-yil 10-yanvardan boshlab Toshkent va Xojikent o‘rtasida qatnovchi tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdlar Janubiy vokzalga ko‘chiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oldin Shimoliy vokzaldan harakatlangan mazkur poyezdlarning jadvali ham yangilandi:
- 7201 «Toshkent janubiy — Xojikent»
Jo‘nash: 06:24
Yetib borish: 07:43 - 7202 «Xojikent — Toshkent janubiy»
Jo‘nash: 08:20
Yetib borish: 09:41 - 7203 «Toshkent janubiy — Xojikent»
Jo‘nash: 12:39
Yetib borish: 13:58 - 7204 «Xojikent — Toshkent janubiy»
Jo‘nash: 14:33
Yetib borish: 15:54 - 7205 «Toshkent janubiy — Xojikent»
Jo‘nash: 18:35
Yetib borish: 19:54 - 7206 «Xojikent — Toshkent janubiy»
Jo‘nash: 20:23
Yetib borish: 21:42 - 6440 «Xojikent — Toshkent janubiy»
Jo‘nash: 06:22
Yetib borish: 08:56 - 6442 «Xojikent — Toshkent janubiy»
Jo‘nash: 05:20
Yetib borish: 07:53
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Jibek Joli» sayyohlik poyezdi Samarqandni yangi yo‘nalish sifatida qo‘shgani haqida yozgan edik.