Tibetdagi zilzila oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi
Seshanba kuni ertalab Tibetning uzoq tog‘li hududida magnitudasi 7,1 bo‘lgan kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xitoy davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, hodisa natijasida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, yana 38 kishi jarohatlangan. Tingri okrugida 1 mingdan ortiq uylar zarar ko‘rgan.
Episentr Nepal bilan chegaradosh Himolay vodiysida joylashgan bo‘lib, zilzila ta’siri qo‘shni Nepal va Hindiston shimolida ham sezilgan. Eng yaqin yirik shahar Shigatse bo‘lib, u epitsentrdan 180 km uzoqlikda joylashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda vayron bo‘lgan binolar va ko‘chalarda to‘plangan qoldiqlar aks etgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, Xitoy harbiy-havo kuchlari ham yordamga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan edik.