Tramp Trudoning isteʼfoga chiqish haqidagi xabarlardan keyin Kanadaga AQShga qoʻshilishni taklif qildi

eʼlon qilindi
AQShning 51-shtati boʻlishni taklif qildi
Foto: Nbsnews.com

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bosh vazir Jastin Tryudo isteʼfoga chiqishi haqidagi xabarlardan keyin Kanadaga AQShning 51-shtati boʻlishni taklif qildi.

«Kanadadagi koʻplab odamlar 51-shtat boʻlishni xohlaydi. AQSh endi Kanadaning omon qolishi uchun zarur boʻlgan ulkan savdo tanqisligi va subsidiyalarga toqat qila olmaydi», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Trampning qoʻshimcha qilishicha, Kanadaning AQShga qoʻshilishi mamlakat iqtisodiy barqarorlikni olib keladi, shuningdek, Rossiya va Xitoy kemalaridan keladigan tashqi tahdidlardan himoya qiladi.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida Donald Tramp Meksika va Kanadaga AQShga qoʻshilishni taklif qilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kanada bosh vaziri isteʼfoga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek