Utair’ning Samarqandga uchayotgan samolyoti Moskvada favqulodda qo‘nish qildi
eʼlon qilindi
Samolyotdagi texnik nosozliklar sababli

Utair aviakompaniyasiga tegishli Sankt-Peterburg – Samarqand (UTA881) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyot texnik nosozliklar sababli Moskvaning «Vnukovo» aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Mash Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Flightradar portalining ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot «Vnukovo»ga qo‘nishdan oldin Vereya shahri yaqinida bir necha marta aylanib uchgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya Maersk Air Cargo yuk tashuvchi samolyoti Samarqandga rejadan tashqari qo‘ndi.