Binghalib Group biznesining katta qismini BAAdan Oʻzbekistonga ko‘chiradi
IT Park delegatsiyasi Binghalib Group kompaniyasining bosh direktori Muhammad Bingalib bilan O‘zbekistonda ofis ochish va biznesning katta qismini mamlakatga ko‘chirish rejalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda IT Park ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1982-yilda tashkil etilgan va elektrotexnika sohasida ixtisoslashgan Binghalib Group kompaniyasi, O‘zbekistonda arzon va malakali ishchi kuchi mavjudligini ta’kidlab, mamlakatni biznesni ko‘chirish uchun jozibador yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda.
Muzokaralar davomida, IT Park vakillari O‘zbekistonda biznes yuritish qulayliklari, xususan, soddalashtirilgan jarayonlar va maxsus iqtisodiy zonalardagi imtiyozlar haqida ma’lumot berishdi. Bu kompaniyalar uchun operatsion xarajatlarni kamaytirish va xizmat sifatini yaxshilashga imkon beradi. «Binghalib Group»ning O‘zbekistonda 3-5 yil ichida 2 ming ish o‘rni yaratish rejalari, mamlakatning IT-ekotizimini mustahkamlash va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qonunchilik palatasi Qatar bilan strategik hamkorlik shartnomasini tasdiqlagan edi.