Yangiliklar

Iyuldan elektron hujjatlar rasman tan olinadi

Endilikda elektron hujjatlar qog‘oz shakldagi nusxalar bilan teng huquqli bo‘ladi
Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

2025-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekistonda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi. Hukumat qaroriga muvofiq, my.gov.uz platformasi orqali raqamli hujjatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Endilikda elektron hujjatlar qog‘oz shakldagi nusxalar bilan teng huquqli bo‘ladi. Banklar, notarial idoralar, aeroportlar va davlat tashkilotlari elektron hujjatlarni majburiy ravishda qabul qiladi.

Elektron hujjatlar ro‘yxatiga biometrik pasport, haydovchilik guvohnomasi, ID-karta va boshqa hujjatlar kiradi. Shuningdek, talabalik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va kadastr pasporti ham raqamli shaklda qabul qilinadi.

Bu yangilik «Raqamli hukumat» platformasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat jahon pasportlari reytingida 68-oʻringa koʻtarilgani haqida xabar bergan edi.