2025-yil 7-yanvarda Fort Lauderdale-Hollywood xalqaro aeroportida JetBlue samolyotining g‘ildirak tagida ikki kishining jasadi topildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Aviakompaniya ma’lum qilishicha, jasadlar samolyotga texnik tekshiruv vaqtida, parvozdan so‘ng aniqlangan. Jasadlarning shaxsiyati hozircha noma’lum va ular qanday qilib samolyotga kirgani bo‘yicha ham tergov olib borilmoqda. Samolyot so‘nggi marta New Yorkdan Fort Lauderdalega uchgan.
Broward okrugi sherifiga ko‘ra, jasadlar og‘ir darajada chirigan. Ushbu hodisa, aviaxavfsizlikka oid jiddiy xavotirlarni yanada kuchaytirgan bir qator stowaway (yashirin yo‘lovchi) holatlaridan dalolatdir.
Ma’lumot uchun, tashqi bo‘limlarda yashirin parvoz qilganlarning 80 foizi halok bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bort kuzatuvchiga tegajogʻlik qilgan yoʻlovchi besh sutkaga qamalgani haqida yozgan edik.