Moskva – Termiz yo‘nalishidagi HY9610 reysi ekipaji nega Qarshidagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi
eʼlon qilindi

Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva – Termiz yo‘nalishidagi HY9610 reysi ekipaji Qarshidagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Samolyot Qarshi aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:40 da qo‘ndi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Utair’ning Samarqandga uchayotgan samolyoti Moskvada favqulodda qo‘nish qilgani haqida xabar berdi.