Yangiliklar

Portlash xavfi boʻlgan muhitlar uchun xavfsizlik reglamenti tasdiqlandi

Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan sanadan boshlab 6 oy o‘tgach kuchga kiradi
Foto: FVV

Hukumatning 2025-yil 6-yanvardagi qarori bilan «Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglament» tasdiqlandi.

Ushbu reglament inson hayoti, mol-mulk va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iste’molchilarni chalgʻituvchi xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

Texnik reglament talablari portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning belgilangan roʻyxatiga tatbiq etiladi. Asbob-uskunalar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi kerak:

  • Yonuvchi moddalar chiqishi natijasida portlash muhitining hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • Portlash manbalari xususiyatlarini hisobga olgan holda alangalanish xavfini oldindan bartaraf etish;
  • Portlash xavfi boʻyicha xavfsizlik koʻrsatkichlari tasnifiga muvofiq boʻlish.

Ma’lumot uchun, texnik reglament rasmiy e’lon qilingan sanadan boshlab 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda «Davlat sirlari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingani haqida xabar berdi.