Biz elektromobillarni ommalashtirishga sodiqmiz – Energetika vazirligi
Energetika vazirligida elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vazir o‘rinbosari Umid Mamadaminov boshchiligida o‘tgan tadbirda turli davlat idoralari va xususiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda so‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida quvvatlash stansiyalarining o‘chirilishi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi va kompaniyalar duch kelgan muammolar muhokama qilindi.
Energetika vazirligi ekologiyani asrashga va elektromobillarni ommalashtirishga sodiq ekanini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlardan qonun-qoidalarga rioya qilish talab qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fargʻonada elektromobillar uchun zaryadlovchi stansiya qurilmalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edik.