Dollar arzonlashdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Foto: Wedmov / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari endilikda 12 940,44 so‘mga baholanmoqda, ya’ni kurs 22 so‘m 54 tiyinga pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, 8-dekabr kuni dollar rasmiy kursi rekord darajaga yetib, 12 962,98 so‘mga ko‘tarilgan edi.

Bundan avval, dollar kursi 7-yanvarda 12 948,10 so‘mga va 4-yanvarda 12 942,01 so‘mga ko‘tarilgan edi.

Kursiv Uzbekistan avvalroq ekspertlardan 2025-yilda dollar kursining qanday o‘sishi mumkinligi haqida so‘ragan edi.

2025-yil boshida so‘mning dollarga nisbatan 13 000 so‘mli psixologik chegaradan o‘tishi ehtimoli mavjud, deydi Alif Uzbekistan rahbari Nuriddin Lafizov. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirida kurs 13 700–13 800 so‘mga yetishi mumkin.

Kap Depo katta tahlilchisi Shodibek Kenjayevning fikricha, o‘rtacha yillik kurs 13 300 so‘m atrofida bo‘ladi, yil oxiriga kelib esa 13 450 so‘mga yetadi.

Boshqa ekspertlar ham AQSh dollari kursi borasida shunga o‘xshash fikrlarni bildirishmoqda.

Shuningdek