Yangiliklar

Endi skuter, moped va elektro-skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘ladi

Davlat raqami ham
Foto: Autostrada

2025-yil 1-martdan boshlab skuter, moped va elektro-skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi va davlat raqami talab qilinadi. Bu haqda Autostrada sahifasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, transport vositalari egalari «A» toifali haydovchilik guvohnomasini olib, o‘z vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart. Mazkur sanagacha guvohnomasiz skuterda harakatlanishga ruxsat beriladi, lekin keyin hujjatsiz boshqarish uchun 5 BHM miqdorida jarima solinadi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari 1,4 mln so‘mni tashkil etadi. Haydovchilik imtihonini topshirish narxi esa 1 mln so‘mdan boshlanadi. Imtihon faqat rasmiy markazlarda topshiriladi, lekin markazlar o‘z xizmatlari narxlarini ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro va Andijon viloyatlarida katta pul evaziga haydovchilik guvohnomasini va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olingan edi.