Yangiliklar

Eron orqali xalqaro yuk tashuvlarida yig‘imlar kamaytirildi

2025-yil 10-yanvardan boshlab
Foto: Transport vazirligi

Eron hududi orqali avtomobilda yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi o‘zbekistonlik haydovchilardan undiriladigan yig‘imlar $400ga kamaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan olib borilgan tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.

Mazkur choralar O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini rivojlantirish, shuningdek, milliy haydovchilar uchun xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.

Transport vazirligi Eron hududida o‘zbek milliy tashuvchilaridan undiriladigan yig‘imlarni yanada qisqartirish uchun ishlarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozogʻistonlik yuk tashuvchilar uchun Oʻzbekistonga kirish bepulligi haqida yozgan edik.