Grenlandiya mustaqil bo‘lishi mumkin, ammo AQShga qo‘shilishi dargumon – Daniya
Daniya tashqi ishlar vaziri AQShning Grenlandiyani sotib olishi haqida istagiga munosabat bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Grenlandiya orolning AQSh tarkibiga qo‘shilishi ehtimoldan yiroq. Ushbu bayonot AQSh prezidenti lavozimiga kirishish arafasidagi Donald Trampning Grenlandiyani harbiy yoki iqtisodiy yo‘llar bilan egallash ehtimolini istisno etmaganidan keyin bildirildi.
Grenlandiya, Daniyaning tarkibiy qismi sifatida, 600 yildan buyon ushbu davlatga qarashli bo‘lib keladi, ammo 57 ming aholiga ega orol o‘z ichki ishlarini mustaqil ravishda hal qiladi. Bosh vazir Mute Egede Grenlandiyaning mustaqillikka erishishini asosiy maqsad sifatida belgilagan.
Daniya vaziri Lars Lyokke Rasmussenning ta’kidlashicha, AQShning Arktikadagi xavfsizlikka bo‘lgan qiziqishi Rossiya va Xitoyning faolligi ortishi sababli o‘rinli, ammo Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi ehtimoli juda past. «Grenlandiyaning taqdiri faqat grenlandiyaliklar tomonidan hal qilinishi mumkin», dedi u.
Grenlandiya hukumati orol sotilmasligini bir necha bor ta’kidlagan va uning mustaqillikka intilishi davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Trampning o‘g‘li Grenlandiyani sotib olmoqchi ekani haqida yozgan edik.