Gulnora Karimovaning «Sijjak» dam olish maskani Kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Obyekt bir necha bor sotuvga qo‘yilgan, ammo xaridor topilmadi
                    
                            
Hukumat qaroriga ko‘ra, avval Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» dam olish maskani O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga topshirildi. Ushbu oromgoh 2017-yil 10-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining ajrimi bilan musodara qilingan edi.
5,38 gektar hududni egallagan va 70 milliard so‘mga baholangan ushbu obyekt 2021-2022-yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yilgan, ammo xaridor topilmadi. Endilikda obyekt kasaba uyushmalari tasarrufida bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shveysariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi boʻyicha pul yuvishda ayblangani haqida xabar bergan edi.
