Ikki sayyoh Qamchiq dovonida suratga tushayotgan vaqtida halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Qamchiq dovonida ikki nafar sayyoh selfi olishga urinish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.

Unga ko‘ra, hodisa faqat maxsus texnika uchun mo‘ljallangan va tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan.

Sayyohlardan biri suratga olishga harakat qilayotib, muvozanatni yo‘qotgan va qulab tushgan. Shu paytda u instinktiv ravishda sherigining qo‘lidan ushlab olgan. Natijada, ikkalasi ham qalin qor uyumi qulagan chuqur daraga tushib ketgan.

Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlar bo‘yicha dastlabki tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan marhumlarning (ikkisi ham 1993-yilda tug‘ilgan) aniq o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qamchiq dovonida ko‘chki yuzaga kelgan edi.

Shuningdek