Jozef Aun Livan prezidenti etib saylandi

eʼlon qilindi
U Livan armiyasining qo‘mondoni sifatida xizmat qilib kelgan
Foto: Mohamed Azakir/Reuters

Livan parlamenti armiyaning bosh qo‘mondoni Jozef Aunni davlat rahbari etib sayladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur qaror 2022-yildan beri bo‘sh turgan prezidentlik lavozimini egallashga va mamlakat siyosiy muvozanatini tiklashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Aunning saylanishi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Hizbulloh guruhining zaiflashgan mavqeini va Saudiya Arabistonining Livandagi ta’sirining qayta tiklanganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu xalqaro hamjamiyatning Livanga yordam ko‘rsatish istagini, lekin buning uchun mamlakatda kuchli hukumat bo‘lishi shartligini ta’kidlaydi.

Ma’lumot uchun, Jozef Aun 2017-yildan beri Livan armiyasining qo‘mondoni sifatida xizmat qilib kelmoqda. U AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiy siyosatni olib bormoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masato Kanda Osiyo taraqqiyot banki prezidenti etib saylangani haqida yozgan edik.

Shuningdek