Kaliforniyadagi yong‘inlarda kamida 5 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Kaliforniyada kuchli shamol va quruq ob-havo sharoitida yuzaga kelgan yong‘inlar oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohat oldi. Bu haqda ABC News ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Los-Anjelesdagi Palisades yong‘ini 16 ming gektardan ortiq hududni yoqib yubordi va 300 dan ortiq inshootlarni vayron qildi.
Altadenada yuzaga kelgan Eaton yong‘ini esa 10 ming gektardan oshib, hali bir foiz ham nazorat ostiga olinmagan. Gollivud tepaliklaridagi Sunset yong‘ini tez tarqalib, aholining evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘ldi.
Jo Bayden yong‘inlarga qarshi kurash uchun Italiyaga rejalashtirilgan safarini bekor qildi va federal yordam to‘liq ta’minlanishini bildirdi. Yong‘inlar bilan kurash davom etayotgan bir vaqtda mahalliy rahbarlar tiklanish uchun hamkorlikka chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Trampning o‘g‘li Grenlandiyani sotib olmoqchi ekani haqida yozgan edik.