Misrda Xatshepsut ibodatxonasi bloklari topildi
eʼlon qilindi
1,5 mingdan ortiq naqshli tosh bloklari kashf etildi

Misrning Luksor shahrida 18-sulola malikasi Xatshepsutning vodiysidagi ibodatxonasi qoldiqlari va uning buvisi Teti Sherining maqbarasi topildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Arxeolog Zahi Havas boshchiligidagi jamoa ibodatxona yaqinida 1,5 mingdan ortiq naqshli tosh bloklarni kashf etdi.

Topilmalar orasida Xatshepsutning ibodatxonasini qurishda ishtirok etgan me’mor Senmutning ismi tushirilgan ohaktosh plastinka ham bor. Teti Sherining maqbarasi oddiy usulda toshga o‘yilgan va devorlariga qizil suratlar chizilgan.

Eslatib o‘ramiz, avvalroq Misr zargarlari o‘zbekistonlik hamkasblariga hunarmandchilik sirlarini o‘rgatishi haqida yozgan edik.