OKMK misni qayta ishlash hajmini 60 mln tonnagacha oshiradi
Iyul oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) misni boyitish korxonasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2025-yil uchun davlat dasturida ma’lum qilindi.
Birinchi bosqichda zavod yiliga 60 million tonna mis rudasini qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻladi. Xomashyo «Yoshlik» konidan konveyer orqali yetkazib beriladi.
Mis boyitish fabrikasi qurilishi OKMK mablagʻlari va xorijiy banklarning kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihaning eng yirik kreditorlaridan biri Rossiyaning «Gazprombank»i boʻladi. Shuningdek, konni oʻzlashtirish Germaniya banklari konsorsiumi tomonidan moliyalashtiriladi.
Konni modernizatsiya qilish loyihasining umumiy qiymati $4,8 mlrd.ga baholanmoqda. Uni 2026-yilda yakunlash rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda OKMK mahsulotlari eksporti 8,4 foizga kamaygani haqida yozgan edi.