O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston AQSh bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Loyihada AQSh Kongressi yetakchi a’zolarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish nazarda tutilgan. Shuningdek, Amerika qit’asi mamlakatlaridan investorlarni jalb etish va biznes-forumlar orqali savdo-investitsiya hamkorligini jadallashtirish ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida AQSh yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish rejalashtirilgan. Oliy darajadagi tashrifni tashkil etish va strategik sheriklik bo‘yicha muloqotning birinchi bosqichini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar S5+1 formati doirasidagi hamkorlikni faollashtirish rejalashtirilgan. Bu doirada vazirlar uchrashuvlari va ishchi guruhlar yig‘ilishlarini o‘tkazish mo‘ljallangan. Shuningdek, Samarqandda formatning 10 yilligi munosabati bilan yubiley sammitini tashkil etish masalalari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, AQSh hukumati e’lon qiladigan inson huquqlari hisobotlarida O‘zbekistonning yuqori reytingini saqlash uchun xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha AQSh bilan muzokaralarni yakunlagani haqida xabar bergan edi.