O‘zbekiston Markaziy banki oltin quymalari narxlarini oshirdi
2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltin quymalari narxlarini xalqaro bozor dinamikasiga mos ravishda oshirdi. 9-yanvar holatiga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning narxi 5,7 mln so‘mni tashkil etmoqda, bu esa 4-yanvar narxiga nisbatan 46 ming so‘mga yoki 0,81% ga yuqori. Xuddi shunday 50 grammli quymaning narxi 465 ming so‘mga oshib, 57 mln so‘mga yetdi.
Narxlarning o‘sishi xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi tendensiyalarga bog‘liq. Shunga qaramay o‘tgan yilning dekabrida xalqaro bozorda oltin narxining pasayishi sababli O‘zbekiston xalqaro zaxiralari $290 millionga kamaygan edi. Natijada dekabr oyida zaxiralar umumiy miqdori $41,1 milliardni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2024-yil davomida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari $6,6 milliardga oshdi. Oltin narxining o‘zgarishi zaxiralarga asosiy ta’sir ko‘rsatdi: bir yil davomida uning qiymati $2062,4 dan $2610,85 gacha oshdi.
Bir oy ichida oltin narxi qanday o‘zgargan
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib olgani haqida xabar bergan edi.