Oʻzbekistonda 2025-yil oxirigacha Ai-80 benzining sotuvi cheklanishi mumkin

eʼlon qilindi
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida
Foto: AndrewLozovyi / Depositphotos

Jamoatchilik muhokamasi uchun «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi doirasida 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va “yashil» iqtisodiyot yili” sifatida belgilab, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan davlat dasturi boʻyicha prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Farmonga koʻra, 2025-yil oxirigacha «Yevro-4» ekologik toifasidan past boʻlgan motor yonilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda.

2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida quyidagi faoliyatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:

  • asbest, sement, shlam va shlak ishlab chiqarish;
  • koʻnchilik va parrandachilik fabrikalari;
  • samarali chang-gaz tozalash uskunalarisiz koʻmir yoqish;
  • metallurgiya zavodlari, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlovchi obyektlar;
  • xavfli chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil boshida Shavkat Mirziyoyev bosh vaziri Abdulla Aripovga Ai-80 benzini ishlatilishini taqiqlash boʻyicha topshiriq bergan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi toʻrt baravar oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek