Avtobusda xalqaro sayohat: Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Xitoyga yangi yoʻnalishlar ochiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Transport vazirligi

Oʻzbekistondan Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlariga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda:

Qozogʻistonga

  • Buxoro – Turkiston;
  • Urganch – Oqtov;
  • Fargʻona – Olmaota (Tojikiston orqali).

Tojikistonga

  • Samarqand – Dushanbe;
  • Buxoro – Dushanbe.

Qirgʻiz Respublikasiga

  • Andijon – Oʻsh;
  • Andijon – Jalolobod;
  • Andijon – Arslanbob;
  • Kosonsoy – Jalolobod;
  • Buxoro – Bishkek.

Rossiyaga

  • Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva;
  • Urganch – Nukus – Ufa;
  • Nukus – Krasnodar;
  • Toshkent – Ufa;
  • Toshkent – Krasnodar.

Xitoyga

Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.

Muntazam xalqaro yoʻnalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirishni istagan tashuvchilar Transport vazirligiga xorijiy hamkorlar bilan paritet asosida kelishilgan holda murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbebiston Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek