Qozogʻiston atom energetikasi sohasida yetakchi davlatga aylanishni maqsad qilmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi
Foto: wlad74 / www.depositphotos.com

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev mamlakatni yadro energetikasi sohasida jahon yetakchilaridan biriga aylantirish maqsadida atom elektr stansiyalari qurilishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

«Atom stansiyalarini qurishni tezlashtirishimiz kerak. Avvalgi intervyuda ikkita, balki uchta stansiya quramiz, deb aytgandim. Qozogʻistonni rivojlangan yadro energetikasi, suniy intellekt va toʻliq raqamlashtirishga ega mamlakatga aylantirish bizning vazifamiz», – dedi Toʻqayev Ostonadagi Loyiha ofisiga tashrifi davomida.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 6-oktyabr kuni Qozogʻistonda atom elektr stansiyasi qurilishi boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Unda qatnashganlarning 71,12 foizi mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistondagi AES loyihasiga Rosatomʼdan tashqari xorijiy kompaniyalar ham jalb etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek