Samsung Galaxy S25 smartfonlariga Qualcomm Snapdragon 8 Elite mobil chipini oʻrnatadi. Bu haqda SamMobile xabar berdi.
Bu haqdagi ma’lumotlar bir necha joylarda paydo boʻldi. Shu bilan birga, ba’zilar smartfon Samsung Electronics kompaniyasining Exynos protsessorlari bilan chiqarilishi mumkinligidan xavotirda edi. Janubiy Koreya kompaniyasining ishlanmasi Qualcommʼga unumdorlik va energiya samaradorligi boʻyicha sezilarli darajada yutqazadi.
Qualcomm 2024-yil oktabr oyida Snapdragon 8 Eliteʼni taqdim etdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u dunyodagi eng tez mobil protsessorga aylangan. Chip 3 nanometrli texnologik jarayon boʻyicha tayyorlangan. U sakkiz yadroli Oryon markaziy protsessor va Adreno 830 grafik protsessor bilan jihozlangan.
Sun’iy intellekt bilan ishlash uchun Snapdragon 8 Elite Qualcomm Hexagon neyron protsessoridan foydalanadi. Bu markaziy va grafik protsessorlardan yuklamaning bir qismini olib tashlash va sun’iy intellekt funksiyalarini kamroq energiya sarflashga imkon beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonining sotuvga chiqish sanasini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.