Sanoat uchun havo va suv filtrlarini o‘rnatishga imtiyozlar taqdim etiladi

eʼlon qilindi
Atrof-muhitga ta’siri yuqori sanoat korxonalari uchun imtiyozlar joriy qilinadi
Foto: sun’iy intellekt yordamida chizilgan

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2025-yilda ekologik rivojlanishga oid yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ekologik mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Atrof-muhitga ta’siri yuqori sanoat korxonalari uchun imtiyozlar joriy qilinadi. Havo monitoringi stansiyalarini o‘rnatgan korxonalar ekologiyaga yetkazgan zarar to‘lovlarining 50 foizgacha qismini qaytarib olishi mumkin. Chang yig‘uvchilar, gaz va suv filtrlarini o‘rnatish uchun esa kompensatsiyaning 70 foizigacha qaytariladi.

2025-yil 1-avgustdan texnik jihatdan ekologik normativlarni qabul qilish tartibi belgilanadi. 1-oktabrdan energetika, kimyo sanoati va qurilish materiallari tarmoqlarida ekologik standartlarni joriy etish boshlanadi.

Bundan tashqari, kamida 5 ta yirik sanoat korxonasi ESG hisobotlarini nashr etishi lozim. AGMK, NKMK va «O‘zbekneftgaz» kabi kompaniyalar ESG reytingini olishni boshlaydi.

Ekologik startaplar qo‘llab-quvvatlanadi, jumladan, cho‘llanishga qarshi kurash va iqlim o‘zgarishiga moslashish loyihalari. Ekologiya jamg‘armasi uchun 25 milliard so‘m ajratiladi.

Viloyat hokimliklarida ekologik maslahatchi lavozimlari joriy etiladi. Shahar va tumanlar uchun ekologik pasportlar hamda ekologik reytinglar tuziladi.

Yashil investitsiyalar ulushi 2027-yilga borib 25 foizga, 2030-yilga kelib esa 50 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ekofaol oilalar uchun yangi imtiyozlar joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek