Telegram foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etishni koʻpaytirdi

Telegram messenjeri 2024-yil davomida AQSh huquqni muhofaza qilish organlarining 900 ta soʻroviga javoban 2 253 foydalanuvchining IP manzili yoki telefon raqamlarini berdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
«Yanvardan 30-sentabrgacha Telegram AQShdan jami 108 foydalanuvchiga ta’sir qilgan IP manzillar va yoki telefon raqamlari boʻyicha bor-yoʻgʻi 14 ta soʻrovni bajargani inobatga olinsa, bu 2024-yil avgustida Fransiyada messenjer asoschisi Pavel Durov hibsga olinganidan soʻng taqdim etilgan ma’lumotlarning katta oʻsishidan dalolat beradi», – deyiladi 404 Media nashri xabarida.
Federal tergovchining soʻzlariga koʻra, Telegram politsiyaga ma’lumot yetkazishni boshlagach bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materiallarini tarqatgan ayrim foydalanuvchilar platformani tark etgan.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda Telegram’ning umumiy daromadi $1 milliarddan oshdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram’da sun’iy intellekt yordamida stikerlarni qidirish imkoniyati joriy qilindi.