Toshkent fond birjasida «Sarbon-Neftegaz» aksiyalari savdoga chiqarildi
eʼlon qilindi
Ushbu aksiyalar SANE tiker kodi ostida Stock Market segmentiga kiritildi
«Toshkent» Respublika fond birjasining qaroriga ko‘ra, 2025-yil 9-yanvardan boshlab «Sarbon-Neftegaz» AJning oddiy aksiyalari birja savdolariga qo‘shildi (listing). Ushbu aksiyalar SANE tiker kodi ostida Stock Market segmentiga kiritildi.
«Sarbon-Neftegaz» AJ transport xizmatlari ko‘rsatish, jumladan, yuk va yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Qayd etish joizki, ushbu kompaniya 2024-yil 7-fevral kuni «Toshkent» Respublika fond birjasining qaroriga ko‘ra delisting qilingan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zikkilamchiranglimetall» va yana sakkizta kompaniya «Toshkent» fond birjasidan haydalgani haqida xabar bergan edi.