Toshkent hayvonot bog‘ida jirafa halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Foto:Toshkent zooparki

Toshkent hayvonot bog‘ida jirafaning me’da shishishi oqibatida halok bo‘lgani haqida rasmiy bayonot berildi. Bog‘ning Telegram-kanalidagi xabarga ko‘ra, hayvonning o‘limiga me’dadagi shish sabab bo‘lgan va barcha ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uni qutqarishning iloji bo‘lmagan.

«Bu biz uchun katta yo‘qotish», – deyiladi bayonotda.

Hayvonot bog‘i xodimlari bu muammoni hal qilish uchun xorijlik veterinarlardan yordam so‘rashgan. Ammo jirafalarning anatomik xususiyatlari tufayli ularning oshqozon-ichak traktida jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazishning imkoni bo‘lmagani ta’kidlandi.

Bu Toshkent hayvonot bog‘ida birinchi holat emas. 2022-yilda yana bir jirafa miya ishemiyasi sababli vafot etgan edi. Ushbu ketma-ket yo‘qotishlar hayvonot bog‘i uchun og‘ir zarba bo‘lib, jamoatchilik orasida ham katta qayg‘u bilan qarshi olindi.

Hayvonot bog‘i rahbariyati o‘z bayonotida barcha tashrif buyuruvchilarni hayvonlarning salomatligiga ta’sir qiladigan ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda noqonuniy saqlanayotgan noyob qushlar aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek