Zambiya vaboga qarshi keng qamrovli emlash kampaniyasini boshladi
Zambiyaning shimolidagi Nakonde tumanida vaboga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi. Bu haqda Sinhua nashri ma’lum qildi.
Kampaniya doirasida 191 ming emlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir va undan katta yoshdagilar qamrab olinadi. Tuman sog‘liqni saqlash rahbari Filip Munkongening aytishicha, seshanba kuni boshlangan kampaniya uchun 200 ming doza vaksina qabul qilingan. U emlash orqali odamlarni vaboga qarshi immunitetga ega qilishni maqsad qilganliklarini ta’kidladi.
Emlash oldidan aholiga tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va barcha tayyorgarlik ishlarining yakunlangani bildirildi. Shu bilan birga, xavfli hududlarda 781 ta sayoz quduq tozalanib, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Dekabr oyida Nakonde tumanida vabo avj olib, 17 ta holat qayd etilgan edi. Biroq barcha bemorlar davolanib sog‘aygan. So‘nggi to‘rt kun ichida esa yangi holatlar aniqlanmadi.
Zambiyada 2023-yil oktabridan 2024-yilga qadar davom etgan vabo epidemiyasi davomida 20 ming.dan ortiq holatlar va 700 dan ortiq o‘lim qayd etilgan. Nakonde ushbu epidemiya davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan JSST maymunchechakka qarshi vaksinani tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.