Zeekr Waymo uchun robotaksi yetkazishni 2025-yilda boshlaydi

9-yanvar 2025 14:52 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto:carnewschina

Geely’ning elektr brendi Zeekr, CES 2025 ko‘rgazmasi arafasida Zeekr RT’ni tanishtirdi. Bu miniven Waymo’ga moslashtirilgan avtonom haydash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Zeekr RT «avtonom haydash uchun yaratilgan birinchi ommaviy avtomobil» sifatida e’tirof etiladi. Bu haqida Carnewschina nashri ma’lum qildi.

Zeekr RT ommaviy ishlab chiqarilishi 2025-yilda boshlanib, AQShda foydalaniladi va bu bozorga kirgan birinchi Xitoy avtomobil brendiga aylanadi. Kompaniya bosh direktori Endi An Ces oldidan bu yangilikni taqdim etdi.

Foto:carnewschina

Zeekr Mix mikroavtobusining o‘lchamlari 4668/1995/1775 mm (uzunlik/kenglik/balandlik). G‘ildirak bazasi 3008 mm, burilish radiusi esa 4,95 metr. Mix 310 kVt (415 ot kuchi) quvvatli elektromotor bilan jihozlangan. 6,8 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi.

Zeekr Mix standart 76 kVt/soat quvvatga ega LFP batareyasi bilan jihozlanadi. Bu CLTC sharoitida 550 km masofani bosishga imkon beradi. 5,5C tezkor zaryadlash texnologiyasi bilan batareya 10,5 daqiqada 10% dan 80% gacha zaryadlanadi.

Kompaniya AQShda DXE1 kodli yangi sport avtomobilini ham taqdim etadi. Bu model Nvidia Thor chipli yangi avtonom boshqaruv domeniga ega bo‘ladi. DXE1’ning chiqarilishi 2025-yil uchinchi choragida rejalashtirilgan.

Tashkilot CES 2025 ko‘rgazmasida Zeekr Mix, 001 FR va 009 Grandni ham namoyish etadi. Zeekr Mix Xitoyda 279,9 ming yuan ($39 ming) narxida sotuvga chiqarilgan. Etkazib berish jarayoni 25-oktabrda boshlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 007 GT taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek