2030-yilgacha Toshkent viloyatini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ushbu maqsad uchun 287,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi, deb xabar berdi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.
Loyiha doirasida 554,5 km ichimlik suvi tarmoqlari tortilishi va 76 ta infratuzilma obyekti qurilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yil boshiga kelib viloyat aholining 79,9% ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, eng past ko‘rsatkichlar Quyi Chirchiq (54,2%) va O‘rta Chirchiq (55,1%) tumanlarida kuzatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil davomida issiqlik va issiq suv tariflari ikki marta oshirilishi haqida yozgan edi.