Yangiliklar

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin

Antikor rahbari xabar berdi
Foto: Pexels.com

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirishga qaratilgan tizim joriy etilishi mumkin. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi tizim rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyillik darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.

Ushbu usul davlat xizmatiga tasodifan yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, davlat idoralariga halol va malakali kadrlarni tanlash imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Odiljon Bastankulov «UzAuto Motors» AJni vaqtincha boshqarishi haqida yozgan edik.