Endi mol-mulki yo‘q qarzdorlarning majburiyatlar reestri joriy etiladi

eʼlon qilindi
Unda qarzdorlar haqida ma’lumotlar saqlanadi
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston qonunchiligiga sud hujjatlari ijrosini kuchaytirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Endi qarzdorning mol-mulki yoki mablag‘lari yo‘qligi sababli ijro ishi to‘xtatilmaydi. Majburiyatlar reestri joriy etiladi, unda qarzdorlar haqida ma’lumotlar saqlanadi. Agar qarzdorning mol-mulki yoki mablag‘lari topilsa, ijro ishlari qayta tiklanadi.

Shuningdek, reestrga kirgan soliq qarzlari uchun penya hisoblanmaydi. Qarzdorlarga qo‘yilgan cheklovlar — mol-mulkni hatlash, hisobvaraqlarni bloklash va chet elga chiqishni taqiqlash — qarz qoplanganiga qadar saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilangan edi.

Shuningdek