Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd ishi bo‘yicha Harbiy sudda mahkama boshlangan
eʼlon qilindi
Mahkama yopiq tarzda o‘tkazilmoqda
Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq mulozimi Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd ishi yuzasidan Harbiy sudda mahkama boshlangan. Ushbu sud jarayoni haqida Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Tashanovning so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchilar sonining ko‘pligi, qo‘yilayotgan ayblovlarning jiddiyligi va ishning jamoatchilik uchun ahamiyati inobatga olinsa ham, mahkama yopiq tarzda o‘tkazilmoqda.
«Menimcha, yana Allamjonov va uning nomi aybdor, boʻlmasa sukunatdan ne naf?!», – deb yozdi Tashanov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Allamjonovga suiqasd bilan bog‘liq jinoyat ishida rossiyalik shaxslarga qidiruv e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.