Yangiliklar

Dollar kursi yana o‘sdi

Amerika valyutasi kechagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi
Foto: GiulioBenzin / www.depositphotos.com

Markaziy bankning ma’lumotiga ko‘ra, AQSh dollari rasmiy kursi 16 so‘m 56 tiyinga oshib, 12 957 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq, 9-dekabr kuni dollar kursi 22 so‘m 54 tiyinga pasaygan bo‘lsa, 8-dekabrda u rekord darajaga yetib, 12 962,98 so‘mni tashkil etgan edi. Yanvar oyi boshida ham dollar kursida o‘sish kuzatilgan: 7-yanvarda 12 948,10 so‘mga, 4-yanvarda esa 12 942,01 so‘mga ko‘tarilgan.

Kursiv Uzbekistan avvalroq ekspertlardan 2025-yilda dollar kursining qanday o‘zgarishi mumkinligi haqida so‘ragan edi. Alif Uzbekistan rahbari Nuriddin Lafizov 2025-yil boshida so‘mning dollarga nisbatan 13 000 so‘mli psixologik chegaradan o‘tish ehtimolini qayd etgan. Uning fikriga ko‘ra, yil oxiriga kelib kurs 13 700 – 13 800 so‘mni tashkil etishi mumkin.

Kap Depo katta tahlilchisi Shodibek Kenjayev esa o‘rtacha yillik kursni 13 300 so‘m atrofida bo‘lishini, yil oxiriga kelib esa 13 450 so‘mga yetishini taxmin qilmoqda.

Boshqa ekspertlar ham dollar kursining o‘sishi bo‘yicha o‘xshash fikrlarni bildirmoqda.